Turkiyadagi shifoxonada otishma yuz berdi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Turkiya janubi-g‘arbidagi Denizli shahrida otishma yuz berdi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar.
Hodisa kasalxonaga kiraverishdagi oshxonada sodir bo‘ldi. Oqibatda 7 kishi jarohatlangan, shuningdek, halok bo‘lganlar bor.
“Denizlida ikki kishi Pamukkale universiteti kasalxonasining tez yordam bo‘limiga kiraverishdagi choyxonada o‘t ochdi”, — deyiladi xabarlarda.
Politsiya tezda voqea joyiga yetib kelgan, biroq hujumchilar qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning shaxsi hali aniqlanmagan.







