Jahon

Afg‘onistonda anomal sovuqdan salkam 31 ming chorva nobud bo‘ldi

“Tolibon” rasmiylari birgina Balx viloyatida 11 418 bosh qoramol nobud bo‘lganini aytgan.

Afg‘onistonda anomal sovuqdan salkam 31 ming chorva nobud bo‘ldi

 

Afg‘onistonning yetti viloyati: Balx, Panjshir, Sarpol, Faryob, Samangan, Taxar va Qandahorda kuchli qor va sovuq oqibatida 30 ming 858 bosh qoramol nobud bo‘lgan. 

 

Rasmiylar transport yo‘llarini qordan tozalash, viloyatning chekka hududlarida qolgan aholiga chorva yemi va oziq-ovqat yetkazib berish harakatlarini boshlagan.

 

Panjshirda esa kuchli qor yog‘ishi va sovuq havo tufayli 10 ta uy zarar ko‘rgan, 100 bosh qoramol nobud bo‘lgan. Sarpol, Faryob va Samanganda yo‘qotishlar soni kamida 12 ming qoramol ekani aytilmoqda. Taxarda 1670 bosh, Qandahorda esa 5670 bosh qoramol nobud bo‘lgan.

 

“Tolibon” tabiiy ofatlarga qarshi kurash vazirligi matbuot kotibi Janan Saiq o‘tgan 12 kun ichida mamlakatda kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuq tufayli kamida 20 kishi halok bo‘lgani va yana 14 kishi jarohatlanganini aytdi.

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

Samolyotlarning og‘irligi va muvozanatini hisoblovchi tizimdagi nosozlik 7,8 mingdan ortiq reysga ta’sir ko‘rsatdi.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.