Olimlar insoniyat uchun eng xavfli qo‘ziqorinni aniqlashdi
U yangi pandemiyaga sababchi bo‘lishi mumkin.

Avstraliya Milliy mikologik maʼlumot markazi olimlari qo‘ziqorin infeksiyalari yangi pandemiyaning manbayi bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.
Qayd etilishicha, eng katta tahdid Sandida auris deb ataladigan xamirturushga o‘xshash qo‘ziqorinlardan kelib chiqishi mumkin. U 2009 yilda Yaponiyada topilgan va odamlarda qon infeksiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Patogen kashf etilganidan atigi besh yil o‘tgach, ilmiy jamoatchilik eʼtiborini tortdi. O‘sha paytda u allaqachon Janubiy Afrika, Hindiston va AQSHga tarqalgandi.
Qo‘ziqorin terida yashashga muvaffaq bo‘ldi va qon oqimiga kirgunga qadar odamdan odamga osonlik bilan uzatildi. Bu, ayniqsa, immuniteti pasaygan bemorlar uchun xavflidir.
Avstraliyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qo‘ziqorin zamonaviy dorilarga chidamli.







