Jizzaxdagi maktabda 1 sinf o‘quvchisi o‘qituvchisining jazosidan qo‘rqib, hushini yo‘qotdi
Tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

Maʼlum qilinishicha, Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Aniqlanishicha, 1-sinf rahbari S.S. (ayol) imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan vaqtida, shu sinf o‘quvchisi o‘zini tuta olmasdan yiqilib tushgan.
Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.







