Putin dunyodagi asosiy adolatsizlik haqida gapirdi
U Butunjahon yoshlar festivalining yopilish marosimida nutq so‘zladi.

Dunyoda hamma uchun teng sharoitlar mavjud emas, bu hozirgi dunyo tartibining asosiy adolatsizligi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.
“Biz teng tug‘ilganmiz, lekin savol: biz o‘samizmi, teng sharoitda rivojlanamizmi?.. Javob: afsuski, yo‘q. Dunyoda hamma uchun teng sharoit yo‘q. Bu esa bugungi dunyo tartibining asosiy adolatsizligidir”, dedi Putin Butunjahon yoshlar festivalining yopilish marosimida.
Shuningdek, u adolatli dunyo tartibiga intilish dunyoni yana-da shaffof, demokratik, barqaror, muvozanatli va xavfsizroq qilishini taʼkidladi.







