O'zbekiston

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

Mamlakat O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

 

O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

 

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzoladi.

 

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdilar. Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash uchun o‘zaro aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu tariqa, Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

custom img

Kapital jalb qilishning yangi markazi: O‘zbekiston va Ozarbayjon

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mintaqasi Yevroosiyoda tez rivojlanayotgan investitsiya markaziga aylanmoqda.

custom img

Surxondaryoda Ikkinchi jahon urushining so‘nggi qatnashchisi 105 yoshida vafot etdi

Mehnat faxriysi bo‘lgan marhum Shohimardon Hamroyev Voronej, Latviya, Litva va Estoniya hududlarini ozod qilishda munosib hissa qo‘shgan.

custom img

Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Nashr 2025-yil davomida amalga oshirilgan voqealarni xronologik tartibda aks ettiradi.

custom img

Andijonda noqonuniy dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

Tezkor tadbir davomida 100 turdagi 500 mingdan ortiq tayyor mahsulot ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

O‘zbekistonda gidrometeorologiya va aviatsiya xavfsizligi tizimi modernizatsiya qilinadi

Mamlakatda ob-havo ma'lumotlarining aniqligini oshirish, xavfli gidrometeorologik hodisalar haqida erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish va milliy aviatsiya parvozlari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan qaror qabul qilindi.

custom img

Kattaqo‘rg‘onda sobiq hokim o‘rinbosari olgan porasini qaytarayotganida qo'lga tushdi

Bulung‘ur tumanida esa soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pora olayotgan vaqtida ushlandi.

custom img

Toshkent shahar hokimiga piyodalar xavfsizligi bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

Bektemir tumani Nurafshon mahallasida bog‘cha va maktab yo‘qligi tufayli bolalar hayoti xavfga qo‘yilmoqda. Ular Mirobod tumanidagi taʼlim muassasalariga borish uchun Toshkent halqa avtomobil yo‘lini kesib o‘tishga majbur bo‘lyapti. Senator o‘z so‘rovida Shavkat Umrzoqovdan ko‘riladigan choralar yuzasidan axborot berishni so‘ragan.

custom img

Toshkentdan Guanchjouga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

Hodisadan so‘ng samolyot texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari uchun foydalanishdan chiqarilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"