Fransiya va Moldova mudofaa shartnomasi imzoladi
Parij, shuningdek, Moldovaga turli sohalarda sarmoya kiritmoqchi.

Shartnoma Fransiya harbiy vakilining Moldovaga joylashtirilishini, shuningdek, qurollarni tayyorlash va yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Parij, shuningdek, Moldova energetika, tabiiy resurslar va temir yo‘l transporti loyihalariga sarmoya kiritishga vaʼda berdi.
"Fransiya Moldovaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", — deya taʼkidladi Makron.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kishinyov hukumati bilan kelishmovchiliklar fonida Moldova tarkibidagi Gagauziya muxtoriyat va tan olinmagan Dnestrbo‘yi Respublikasi yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qilgani xabar qilingandi.







