Hindistonlik bola zaharli ilonni yeb yubordi
U kobradan keyingi eng zaharli ilon hisoblanadi.

Hindistonning Bixar shtatida yashovchi besh yoshli bola zaharli ilonni yeb, kasalxonaga tushdi.
Bolaning onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li do‘sti bilan o‘ynab yurgan vaqtda o‘lik hind kraitini topib olishgan. Ular sudraluvchini qovurib, kattalarga bildirmasdan yeyishga qaror qilishgan.
Uyga qaytgach, ona bolasidan ilon haqida so‘ragan, lekin u qo‘rqib ketib hech narsa demagan. Biroz vaqt o‘tgach, bola o‘zini yomon his qila boshlagan va kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar bolaning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Maʼlumot uchun, hind kraitlari kobradan keyingi eng zaharli ilon hisoblanadi, ularning chaqishi halokatli yakunlanishi mumkin.
Avvalroq Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yashovchi shaxs uni chaqqan zaharli ilonni yeb qo‘ygandi, shundan so‘ng u ham kasalxonaga yotqizilgan.







