O'zbekiston

Qo‘qondagi maktabga begona shaxslar kirmoqchi bo‘ldi

Ular Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini ham bajarmagan.

Qo‘qondagi maktabga begona shaxslar kirmoqchi bo‘ldi

 

6-mart kuni soat 16:10 larda Qo‘qon shahrida joylashgan 4-sonli maktabda yangi tizimdagi qorovullik xizmatini olib borayotgan xodim tomonidan ushbu maktab atrofida maqsadsiz yurgan va maktab hududiga kirmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar begona shaxs to‘xtatilgan.

 

Qo‘riqlash bo‘limi xodimi tashvish tugmasi orqali qo‘riqlash bo‘limiga xabar berish bilan birga, ulardan nima maqsadda kelganliklarini so‘rab, maktabga begonalar kirishi mumkin emasligini va joriy qilingan yangi tartib-qoidalar to‘g‘risida tushuntirishga harakat qilganida, ular tushunishni istamasdan aksincha qorovul xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, o‘zlarining nojo‘ya xatti-harakatlari bilan qo‘pollik qilishga o‘tishgan.

 

Shu vaqtda chaqiruvga asosan yetib kelgan qo‘riqlash tezkor guruhi xodimlari ularning xatti-harakatlarini cheklab, holatga oydinlik kiritish uchun maktab  hududidan olib ketishgan.  

 

Milliy gvardiya masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida ular Qo‘qon shahrida tug‘ilgan fuqarolar, 19 yoshli M.Ya., muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi ("qasddan yengil tan jarohati yetkazish") bo‘yicha sudlangan, 22 yoshli K.M., muqaddam Jinoyat kodeksining 104-moddasi ("qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish") bo‘yicha sudlangan, 16 yoshli T.U., muqaddam uning ota-onasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi bilan (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) javobgarlik belgilangan, va 18 yoshli R.R., mazkur maktabning sobiq o‘quvchisi ekanligi maʼlum bo‘lgan.

 

Ushbu fuqarolarning xatti-harakatlarida O‘zR MJtKning 183, 194-1, 195-1 moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli ularga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

 

Hozirda to‘plangan hujjatlar Sud organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

“Toshshahartransxizmat” avtobusdagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Haydovchisi taqiqlovchi svetofor signaliga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan.

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘larini eskrou hisobvaraqlarida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi.

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

Narkotik vositalar ularga Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.