Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi
Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 22,6 trln so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda 12 trln so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 4,6 trln so‘m, Andijon viloyati 1,6 trln so‘m va Namangan viloyati 1,3 trln so‘m bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatida 1,2 trln so‘mlik, Jizzax viloyatida 967,5 mlrd so‘mlik, Farg‘ona viloyatida 513,8 mlrd so‘mlik, Navoiy viloyatida 260,2 mlrd so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarilgan.
Xorazm viloyatida ishlab chiqarish hajmi 69,3 mlrd so‘mni, Sirdaryo viloyatida 33,6 mlrd so‘mni, Qashqadaryo viloyatida 9,8 mlrd so‘mni, Buxoro viloyatida 8,6 mlrd so‘mni, Surxondaryo viloyatida 6,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan — 2,3 mlrd so‘m.








