Rossiyada dunyodagi eng katta rezavorli tort tayyorlandi
Uning ustida 20 nafar qandolatchi ishlagan.

Sochida 8 mart munosabati bilan rekord darajada katta rezavorli tort tayyorlandi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.
Og‘irligi 623 kilogramm bo‘lgan tortning ustida ikki kun davomida 20 ta qandolatchi ishlagan. Mahsulot o‘lchami 4x2,4 metr. Shahar vitse-meri Svetlana Kalinina taʼkidlaganidek, tortning o‘lchami Rossiya rekordini yangilaydi, u rekordlar reestriga kiritilgan.
Shirinlik ustiga Xalqaro xotin-qizlar kuni sharafiga “sakkiz” raqami qo‘yilgan, tortning o‘zi esa rezavorlar: yaproqlar, qulupnay va malina bilan bezatilgan. Marosim yakunida mahsulot mehmonlarga tarqatila boshlandi.







