Fransiya harbiylari urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Ular Parijdan kattaroq lagerda mashg‘ulot olib bormoqda.

Fransiya qo‘shinlari Evropada shiddatli urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda polkovnik Aksel Denis xabar berdi.
Uning maʼlum qilishicha, Fransuz harbiylari maydoni Parij shahridan kattaroq bo‘lgan lagerda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Ofitser potensial dushmanlar nomini oshkor etmagan, ammo mashg‘ulotning ko‘lamidan bu Rossiya kabi qudratli raqibga qarshi kurashish uchun armiyani tayyorlashga qaratilganligini bilish mumkin.







