Fransiyada 3 qavatli bino qulab tushdi
Voqea joyida 40 ga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda.

Fransiyaning Tuluza shahri markazida uch qavatli bino qulab tushdi. Voqea joyida 40 ga yaqin qutqaruvchi va kinologlar ishlamoqda. Ular vayronalar ostida tasodifiy o‘tkinchilar bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, uyda hech kim bo‘lmagan, ular seshanba kuni birinchi qavatdagi ichki devor qulaganidan keyin evakuatsiya qilingan. Keyinchalik mutaxassislar katta yoriqni aniqladilar. U taʼmirlanib, bino mustahkamlanadi, deb taxmin qilingan edi.
Bu holat qo‘shni uylarda ham takrorlanish xavfi bor. Shuning uchun ular vaqtinchalik boshqa joyga ko‘chirilgan.







