10-mart kuni kutilayotgan ob-havo prognozi bilan tanishing
Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berdi.

10-mart kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10-mart kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.







