“Netanyahu foydadan ko‘ra zarar keltirmoqda”
Jo Bayden Isroil Bosh vazirini tanqid qildi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu faoliyatini tanqid qilib, mamlakatga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirayotganini aytdi.
"Netanyahu Isroilni himoya qilish va HAMASga qarshi kurash huquqiga ega, ammo bu choralar natijasida halok bo‘layotgan begunoh insonlar haqida ham ko‘proq o‘ylashi kerak", — dedi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.
U, shuningdek, G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilish uchun Benyamin Netanyahu bilan uchrashishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.







