Sport

Bokschilarimiz Olimpiada ostonasida

Ruslan Abdullayev va Lazizbek Mullajonov Olimpiyada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bokschilarimiz Olimpiada ostonasida



Italiyada boks bo‘yicha “Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi musobaqada hamyurtlarimiz Navbahor Hamidova niderlandiyalik Luna Amaro Beyeloogani, Aziza Zokirova ukrainalik Karolina Maxoni, Lazizbek Mullajonov togolik Kevin Kuadjovini, Ruslan Abdullayev kosovolik Shpetim Bajokuni o‘z vazn toifalarida mag‘lub etgan edi. Eʼtiborlisi, Ruslan serbiyalik Aleksey Shendrikni 3:1 hisobida taslim etdi va ushbu yo‘llanmaga ega chiqdi.

 

Lazizbek Mullojonov esa bu yo‘llanma uchun jangda gruziyalik Georgi Kushitashvilini mag‘lubiyatga uchratdi.



Bugungi janglarni -50 kg. vaznda Sabina Boboqulova boshlab beradi. U soat 17:30 dan so‘ng irlandiyalik Daina Moorehousega qarshi ringga ko‘tariladi. Shundan so‘ng-80 kg. vazn toifasida To‘rabek Habibullayev chorak final yo‘llanmasi uchun fransiyalik Yojerlin Sesar bilan bahs olib boradi.

 

Shuningdek,vazni -57 kg. bo‘lgan Sitora Turdibekova chorak finalda polshalik Julia Szeremetani sinovdan o‘tkazadi. Shuni taʼkidlab o‘tish lozimki, Sitora ushbu bosqichdan g‘alaba bilan o‘tadigan bo‘lsa, navbatdagi jangi Olimpiada litsenziyasi uchun bo‘ladi. Shuningdek, -71 kg. vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kolumbiyalik Alexander Rangel bilan navbatdagi bahsini o‘tkazadi.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

Bunga moliyaviy mojaro va muxlislarning munosabati sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ronaldu terma jamoadan chetlatildi: unga nisbatan intizomiy ish ochildi

Ronaldu terma jamoadan chetlatildi: unga nisbatan intizomiy ish ochildi

Hozircha unga nisbatan yakuniy jazo belgilanmagan.

Ronalduga qarshi intizomiy ish boshlandi: mumkin bo'lgan jazo ma'lum bo'ldi

Ronalduga qarshi intizomiy ish boshlandi: mumkin bo'lgan jazo ma'lum bo'ldi

Futbolchining o‘zi ham federatsiya belgilaydigan jazoni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.