Sport

Ronaldu terma jamoadan chetlatildi: unga nisbatan intizomiy ish ochildi

Hozircha unga nisbatan yakuniy jazo belgilanmagan.

Ronaldu terma jamoadan chetlatildi: unga nisbatan intizomiy ish ochildi

Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) Krishtianu Ronalduga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atdi. Bunga futbolchining 7-oktyabr kuni yuz bergan voqealar bilan bog‘liq harakatlari sabab bo‘lgan.

 

A Bola nashri xabar berishicha, 41 yoshli hujumchi milliy terma jamoa ixtiyorini o‘zboshimchalik bilan tark etgani uchun tekshiruvga tortilgan. Shuningdek, unga nisbatan vaqtinchalik chetlatish chorasi qo‘llandi. 

 

Federatsiya ma’lumotiga ko‘ra, 9-oktyabr kuni Intizom kengashining professional bo‘lmagan futbol bo‘limi Ronalduga nisbatan intizomiy ish ochish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. 10-oktyabr kuni esa ish materiallari Intizomiy tergov komissiyasiga yuborilgan. 

 

FPF bayonotida futbolchiga nisbatan qo‘shimcha ehtiyot chorasi sifatida chetlatish jazosi qo‘llangani va ish shoshilinch tartibda ko‘rib chiqilishi belgilangani aytilgan. Tergov yakunlanguniga qadar ish tafsilotlari oshkor etilmaydi.

 

Hozircha Ronalduga nisbatan yakuniy intizomiy jazo belgilangani haqida ma’lumot berilmagan. Tergov natijalari futbolchining Portugaliya terma jamoasidagi keyingi ishtirokiga ta’sir qilishi mumkin.