O'zbekiston

Toshkentda kollektordagi suv oq rangda oqqani bo‘yicha izoh berildi

Suvni ifloslantirgan fuqaro jazoga tortildi.

Toshkentda kollektordagi suv oq rangda oqqani bo‘yicha izoh berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Qoraqamish kollektoridagi suv oq rangda oqayotganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar Prokuraturasi hamkorligida olib borilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha mazkur qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

 

Qurilish materiali hisoblangan (suyuq shpaklyovka)ni qonunga xilof tarzda Qoraqamish kollektoriga o‘zboshimchalik bilan oqizganligi uchun davlat inspektori tomonidan MJtKning 91-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m) miqdorida jarima belgilandi.

 

Shuningdek, ifloslantirilgan Qoraqamish kollektoridan ekologik laboratoriya uchun tahlil namunalar olingan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruv ishlarining yakuniy natijalari bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, qoplama to‘lovlari undiriladi.

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

Kelasi yildan sovrindorlarning pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Prezident Olimpiadasi: yoshlar 26 ta sport turi bo'yicha kuch sinashadi

Musobaqa mamlakat hududlaridagi iqtidorlarni saralash va professional sportga yo'naltirishga xizmat qiladi.

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Narkotik modda yuk mashinasining maxfiy joyiga va ikkita akkumulyator ichiga yashirilgan.

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Xizmatlar kundalik hisob-kitoblarni soddalashtirish, naqd pulga ehtiyojni kamaytirish va xorijiy sayyohlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

20 yoshli haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, уo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Tibbiyot xodimlarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.