O'zbekiston

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Tibbiyot xodimlarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi



Davlat rahbari shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritar ekan, maʼrifatparvar alloma Abdurauf Fitratning “Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha – ulug‘roqdir” degan so‘zlarini esladi.


Tizimda kamida 15 yil ishlagan tibbiyot xodimlarining ipoteka krediti bir qismini qoplash uchun 50 milliard so‘m ajratildi. Ushbu imkoniyat orqali kelasi yili 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi.


Yosh kadrlarni ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili 500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.


Kelgusi yildan olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 million so‘mdan 4,5 million so‘mga oshiriladi. Bunday hududlarga ishga kirgan shifokorlarga 50 million so‘m miqdorida bir martalik rag‘bat puli ham beriladi.


Shuningdek, xorijiy klinikalarda tajriba orttirgan vatandosh shifokorlarni mamlakat shifoxonalariga jalb etish rejalashtirilgan.


“Biz ularni o‘zimizdagi shifoxonalarga olib kelib, Yangi O‘zbekiston tibbiyotida o‘z maktabini yaratishiga xizmat qiladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Prezident.


Bunday mutaxassislarning oylik ish haqiga 50 million so‘mgacha ustama to‘lanadi, ish joylari esa zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.


Ularga o‘z atrofida kuchli jamoa shakllantirish, birga ishlaydigan shifokorlar, assistentlar va hamshiralarni mustaqil tanlash imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, nufuzli konferensiyalarda qatnashish hamda xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.


Mazkur ishlar 26 ta ixtisoslashgan markazdan boshlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili 5–10 nafardan vatandosh shifokorni jalb etishga masʼul bo‘ladi.

Endi telefon orqali to‘lash mumkin: O‘zbekistonda Google Pay va Apple Pay ishga tushdi

Endi telefon orqali to‘lash mumkin: O‘zbekistonda Google Pay va Apple Pay ishga tushdi

Xizmatlar kundalik hisob-kitoblarni soddalashtirish, naqd pulga ehtiyojni kamaytirish va xorijiy sayyohlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

20 yoshli haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, уo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

O‘zbekistonda oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash dasturi 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda so‘nggi yillardagi islohotlar natijalarini qayd etdi.

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Hafta davomida Toshkentda quruq ob-havo kutilmoqda.

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Yong‘indan so‘ng uchta alohida yong‘in o‘chog‘i va qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.