Toshkentda Lacetti yonib ketdi
Holat bo'yicha YHXB ma'lumot berdi.

Bugun, 12 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti yonib ketdi. Bu haqda shahar YHXB maʼlum qildi.
Holat Chilonzor tumani Katta Xirmontepa ko‘chasida soat 16:15 larda yuz bergan. 2001 yilda tug‘ilgan haydovchining Lacetti rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Oqibatda tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.







