Sport

"Al-Hilol" jahon rekordini o'rnatdi

Jamoa ketma-ket 28 bahsda g'alabani qo'lga kiritdi.

"Al-Hilol" jahon rekordini o'rnatdi

 

Kecha Osiyo chempionlar ligasida yana bir yarim finalchi aniqlandi. Saudiya ligasi yetakchisi mamlakatning amaldagi chempionlarini mag‘lub etdi va tarixga kirdi. Uchrashuv oldidan barchani bir savol qiziqtirgan edi: “Al-Hilol” jahon rekordini o'rnatadimi? Jamoa barcha turnirlarda ketma-ket 27 ta g'alaba qozondi va Welsh New Saints (2016/2017 yilgi mavsum) natijasini takrorladi. Shu tariqa "Al-Hilol" jahon rekordini takrorladi. Ammo "Al-Ittihod" kambekga umid qilayotgandi, chunki bir hafta oldin birinchi o'yinda mag'lub bo'lgandi.

 

Birinchi bo'lim har qanday mazmunli o'yindan ko'ra ko'proq yakka kurashlar ostida kechdi. Tanaffusgacha tomoshabinlar ikki jamoa o'rtasida darvoza tomon yo'llangan ikkita zarbani ko'rishdi. Lekin, juda ko'p kurashlar natijasida 14 ta qo'pollik sodir etildi va futbolchilarga to'rtta sariq kartochka ko'rsatildi. Mezbonlar, shuningdek, yulduz hujumchi Karim Benzemasiz o'ynashdi. Fransuz futbolchisi fevral oyi oxiridan beri maydonga tushmagani yo'q.

 

Bundan tashqari, “Al-Ittihod”ning yana bir legioneri Fabinyo o'yinda atigi 15 daqiqa harakat qildi. Braziliyalik futbolchi jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Tanaffusgacha “Al-Hilol” darvozaga birorta ham zarba bermadi va raqibga nisbatan ikki yarim baravar ko‘p qoidabuzarliklarni amalga oshirdi.

 

Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar gol urishdi va bu yetarlicha faollikning natijasida yuz berdi. Qanot himoyachisi Yaser Al-Shahrani gol urdi, unga Sergey Milinkovich-Savich assistentlik qildi. “Al-Ittihod” haqiqatdan ham raqibning kayfiyatini buzmoqchi edi. Biroq, yana biroz muddatdan so'ng mehmonlar mezbonlarni yana bir bor jazoladi. Mitrovich Malkomni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga olib chiqdi. Natijada braziliyalik futbolchi yakuniy natijani o'rnatdi.

 

“Al-Hilol” bub g'alaba bilan muxlislariga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. Birinchidan jamoa OChL yarim finaliga yo‘llanma oldi. Ikkinchidan, bu "Al-Ittihod"ning kayfiyatini buzdi (Jidda klubi ustidan mavsumdagi to'rtinchi g'alaba). Uchinchidan, “Al-Hilol” eng uzoq davom etgan g‘alabali seriya (28 uchrashuv) bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.