O'zbekiston

Senator Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktoriga so‘rov yubordi

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Anvar To‘ychiyev Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktoriga senator so‘rovi yubordi.

Senator Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktoriga so‘rov yubordi

Buning sababi shuki, Senat tomonidan joriy yil yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar tahlili viloyatda hokim yordamchilarining ko‘magida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni daromadli mehnat bilan band qilish borasida salmoqli natijalar bilan birga bu borada yechimini kutayotgan ayrim masalalar mavjudligini ko‘rsatgan.

 

So‘rovda qayd etilishicha, 2023 yilda tashkil etilgan 2 ming 824 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining 53,8 foizi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan.

 

Hokim yordamchilari ko‘magida mikroloyihalar va mikromarkazlar tashkil etish hisobiga aholi bandligining taʼminlanishi rejaga nisbatan atigi 36 foizni tashkil qilgan.

 

Imkoniyat va shart-sharoitlar yetarli bo‘lishiga qaramasdan Guliston shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 890 nafar ishsiz xotin-qizdan atigi 15 nafari doimiy mehnat bilan band. Oqoltin tumani va Shirin shahrida esa bunday toifadagi xotin-qizlar bandligini taʼminlashda subsidiyalash mexanizmidan umuman foydalanilmagan.

 

2023 yil mobaynida "20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida 24 tadbirkorlik subyekti tomonidan tijorat banklariga jami 112,8 milliard so‘mlik kredit olish uchun kiritilgan arizalarining 17 tasiga avtomatik skoring tahlili orqali ijobiy xulosa berilgan bo‘lsada, amalda bor-yo‘g‘i 2 nafar tadbirkorga kredit ajratilgan.

 

Hokimliklarga aholi va tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik masalasidagi murojaatlari soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshgan.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, senator agentlik direktoridan faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarining mavjud muammolarini Mahallabay ishlash asosida o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kredit mablag‘larining o‘zlashtirilishi hamda subsidiya mablag‘larining ajratilishi past bo‘lgan hududlardagi hokim yordamchilarining masʼuliyatini oshirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘radi.

 

So‘rovda mahallada bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlash, ularni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish, ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish ishlarining tashkil qilinganligi yuzasidan maʼlumot taqdim etilishi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Shu bilan birga, hokim yordamchilari mehnatini munosib baholash va ularni rag‘batlantirish borasida Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatiga oid amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdim etish so‘raldi.

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Prezident xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Prezident xorijda yuqori daromadli ish topish uchun yoshlarni kasb bilan birga chet tillariga ham o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

Prezident xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlashda hokimlar, elchilar va texnikumlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi o‘qishga qabul qilish va o‘qishni ko‘chirishni pul evaziga hal qilib berishni va’da qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida shoxobchalarda siqilgan gaz narxlari o‘rganilgan.

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Ekologiya qo‘mitasi fermer va dehqonlarni o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi.

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Nosozlik so‘nggi qatnov vaqtida yuzaga kelgan.