O'zbekiston

Angren IES yarim milliarddan ortiq jarimaga tortildi

Maʼlum bo‘lishicha, korxonada atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar meʼyoridan oshib ketgan.

Angren IES yarim milliarddan ortiq jarimaga tortildi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Angren issiqlik elektr stansiyasi” faoliyati tekshirildi.

 

Tekshiruv davomida korxonaning 1- va 3-manbalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar tarkibini o‘rganish bo‘yicha tahlil namunalari olindi. Natijada 1-manbada uglerod oksidi belgilangan meʼyordan 4,37 barobar (8,3209 g/S (1,9022 g/S), azot oksidi 7,68 barobar (31,7488 g/S (4,1321 g/S), 3-manbada esa azot oksidi meʼyordan 15,24 barobar yuqori ekanligini (42,3119 g/S (2,7757 g/S) maʼlum bo‘ldi.

 

Holat bo‘yicha 2023 yil 4-choragi va 2024 yil yanvar-fevral oylarida atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar meʼyoridan oshganligi uchun qo‘shimcha ravishda 140 million 781 ming kompensatsiya to‘lovi belgilandi. Shuningdek, IESga 2022–2023 yillardagi faoliyati davomida atmosfera havosiga tashlangan tashlamalar va ko‘mir kuli chiqindisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi 202-sonli qaroriga asosan hisob-kitob qilinganligi ko‘rib chiqilganda, korxonaning chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi hisobga olinmaganligi sababli 2022 yil uchun qayta hisob-kitob qilindi va qo‘shimcha ravishda 263 million 739 ming 791 so‘m va 2023 yil uchun qo‘shimcha ravishda 129 million 162 ming 386 so‘m kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. 

 

Korxonaga nisbatan atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uchun jami 533 million 683 ming 525 so‘m kompensatsiya to‘lovi belgilandi. 

 

Bundan tashqari, tekshiruv ishlariga to‘sqinlik qilgan Angren IES xodimi D.M.ga nisbatan MJtKning 197-moddasi prim 6-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"