“G‘azodagi vaziyat har daqiqada yomonlashmoqda”
BMT G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi G‘azo sektoridagi vaziyatning halokatli ekanligini va har daqiqada yomonlashayotganini maʼlum qildi.
Bayonotda G‘azo sektoridagi vaziyat har daqiqada yomonlashib borayotgani bildirilib, u yerga xavfsiz, to‘siqsiz va uzluksiz yetib borishi uchun insonparvarlik yordamiga ehtiyoj borligi taʼkidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Isroilning shiddatli hujumiga uchragan G‘azo sektorida 2,2 million odam ocharchilik xavfi ostida ekani haqida ogohlantirgandi.
Hozirgacha hududda ocharchilik va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 nafarga yetgan.







