O'zbekiston

O‘zbekistonda ham “Ovoz” teleshousi o‘tkaziladi

Har bir mavsum g‘olibi KIA avtomobili bilan taqdirlanadi.

O‘zbekistonda ham “Ovoz” teleshousi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ham “Ovoz” teleshousi o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, loyihada bir mavsum 4 oy davom etadi. Unda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston va Tatariston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sevara Nazarxon hamda Tohir Sodiqov teleshouda murabbiylik qilishadi.

 

Loyiha O‘zbekistondagi iqtidor egalarini aniqlash va saralash imkonini beruvchi platformaga aylanadi va Madaniyat vazirligi garchi g‘olib bo‘lish nasib etmagan bo‘lsada, loyiha orqali nazarga tushan isteʼdodlarning keyingi faoliyatiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi.

 

Har bir mavsum g‘olibi KIA avtomobili bilan taqdirlanadi. Finalchilar bilan prodyuserlik shartnomalari tuziladi, ovoz yozish studiyalarida qo‘shiqlari bepul yozib beriladi, musiqiy albomlarini chiqarishlariga ko‘maklashiladi.

 

Loyihada yoshi, millati, tili, ijtimoiy mansubligi, musiqiy bilim bobida professional bilimga ega yoki havaskorligidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.

 

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston ushbu teleloyihani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan dunyodagi 76-mamlakatga aylandi.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"