Ilon Mask depressiyada ekanini tan oldi
U buning uchun dori-darmonlar qabul qilmoqda.

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask baʼzida ruhiy tushkunlikdan aziyat chekayotganini va dori-darmonlarni qabul qilishini tan oldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
"Baʼzida miyamda ruhiy tushkunlik kabi salbiy holat paydo bo‘ladi. Yoki hech qanday salbiy yangiliklar bilan bog‘liq bo‘lmagan depressiya", dedi Mask.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, dori-darmonlarni qabul qilish unga yordam bermoqda. Depressiya sababi uning odatda kuniga 16 soat ishlashi bo‘lishi mumkin.
Mask uzoq vaqt davomida bunday holatda qololmasligini qo‘shimcha qilgan.
Miliarder o‘zining ruhiy tushkunligini tug‘ma deb hisoblaydi va qabul qilinayotgan dori-darmonlari uning kompaniyalari faoliyatiga qandaydir tarzda taʼsir qiladi deb o‘ylamaydi.







