Turkiyada mikroavtobus YTHga uchradi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Turkiya shimoli-g‘arbida mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlangan.
Tekirdag‘ Saroydan Cherkezko‘yga ketayotgan yuk mashinasi Vizedan Cherkezko‘yga ketayotgan yo‘lovchi mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa joyiga tez yordam va qutqaruv guruhlari jo‘natilgan. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlarning barchasi Turkiya fuqarolari bo‘lgan.







