Xitoy Tayvanga hujum qilishi mumkin
AQSH harbiy amaldorlari bunga ishora qilmoqda.

AQSH harbiy amaldorlari Xitoy 2027-yilda Tayvanga hujum qilishini taxmin qilmoqda. Bu haqda Bloomberg AQSHning yuqori martabali harbiy amaldorlariga tayanib, xabar berdi.
Hozir XXR o‘zining harbiy qudratini faol ravishda oshirmoqda. So‘nggi yillarda Xitoy harbiylari Tayvanga qarshi amalga oshiradigan operatsiyalarni, jumladan, dengiz va havo blokadalarini mashq qilmoqda.
AQSH rasmiylarining fikricha, bu harakatlar Xitoyning 2027 yilgacha Tayvanga bostirib kirishga tayyorlanayotganiga ishora qiladi.







