Marsda ulkan vulqon topildi
Uning diametri 450 kilometr.

Marsda yangi ulkan vulqon topildi. Bu haqda SETI instituti olimlari maʼlum qilishdi.
Qayd etilishicha, obyektga lotincha “tun” degan maʼnoni bildiruvchi Noktis nomi berilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mazkur vulqon Qizil sayyoradagi boshqa vulqonlarga qaraganda ko‘proq eroziyaga uchragan va nisbatan pastroq. Uning diametri 450 kilometr va balandligi 9022 metrga yetadi.







