Yaponiya Putinni prezidentlikka saylangani bilan tabriklamaydi
Bu haqda mamlakat TIV bayonot berdi.

Yaponiya Vladimir Putinni prezident lavozimiga qayta saylangani bilan tabriklamaydi, deb maʼlum qildi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi.
"Yaponiya hukumati prezident Putinga prezident etib qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘llagani yo‘q. Boshqa tafsilotlarga javob berishdan o‘zimizni tiymoqdamiz", deb javob berdi TIV jurnalistlarning so‘roviga.
Maʼlumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Vladimir Putin – 87,28 foiz, Nikolay Xaritonov – 4,31 foiz, Vladislav Davankov – 3,85 foiz, Leonid Slutskiy – 3,20 foiz ovoz oldi. Saylovchilarning 77,44 foizi ishtirok etdi - bu Rossiyaning zamonaviy tarixidagi rekord darajadagi yuqori ko‘rsatkichdir.







