Amerikalik erkak 15 soniyada 10 ta futbolka kiyib, rekord o‘rnatdi
U bungacha ham 250 dan ortiq rekordlar qayd etgan.

Amerikalik Devid Rush Ginnesning rekordlar kitobini yangiladi. U atigi 15,03 soniyada 10 ta futbolka kiyib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ilgari 250 dan ortiq jahon rekordlarini yangilagan Aydaxo fuqarosi 2020 yilda ijtimoiy media tanlovida ishtirok etgan va 15,61 soniyada xuddi shunday miqdordagi futbolkalarni kiygan.
Rushning maqsadi imkon qadar ko‘proq Ginnesning rekordlar kitobini qo‘lga kiritishdir. Ayni damda italiyalik Silvio Sabba 182 unvon bilan birinchi o‘rinda, amerikalik esa 164 unvon bilan keyingi o‘rinda.







