Moskvada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi
Bu haqda poytaxt meri maʼlum qildi.

Moskvada dam olish kunlariga belgilangan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ijtimoiy tarmoq orqali maʼlum qildi.
"Dam olish kunlari Moskvadagi barcha sport, madaniy va boshqa ommaviy tadbirlarni bekor qilishga qaror qildik. Ushbu chorani to‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman", – deb yozgan Sobyanin.







