Bugun O‘zbekistonda 30 darajagacha iliq bo‘ladi
Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Bugun, 25-mart kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. 26-28 mart kunlari ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 26-28 mart kunlari baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.







