Ispaniyada Telegram bloklandi
Mahalliy OAV bu bo‘yicha shikoyat qilgan.

Ispaniya Oliy sudi telegram messenjeriga mahalliy ommaviy axborot vositalaridan kelib tushgan shikoyatlar tufayli mamlakatdagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda suddagi o‘z manbalariga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.
Ispaniyada Telegramʼdan foydalanish Atresmedia, EGEDA, Mediaset va Telefonica media kompaniyalari talabiga ko‘ra dushanbadan vaqtinchalik to‘xtatiladi. Ularga telegram o‘z foydalanuvchilariga mualliflik huquqi egalarining roziligisiz kontent yuklash imkonini berayotgani maʼqul kelmayapti.
"Sudya Santyago Pedras daʼvolar tekshirilayotgan paytda Ispaniyada telegram xizmatlarini bloklashga qaror qildi. Sud manbasi telegram xizmatlarini bloklash mobil provayderlar zimmasida bo‘lishini aytdi", deb yozadi Reuters.







