“Ular har doim boshqalarni ayblaydi”
Zelenskiy Moskvadagi teraktga munosabat bildirdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Crocus City Hall”dagi hujumga munosabat bildirdi. U Putin sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni boshqa birovga o‘tkazishga urinayotganini aytdi.
“Ular har doim boshqalarni ayblaydi. Dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Putin Rossiya fuqarolari bilan muloqot qilish, ularga murojaat qilish o‘rniga, bir kun jim turdi. Putin mazkur voqeada Ukrainani aloqadorligini ko‘rsatish haqida o‘ylagan”, — dedi Ukraina yetakchisi.
Zelenskiy Putin yana bir nechta shunga o‘xshash hodisalardan o‘zining shaxsiy hokimiyati maqsadida foydalanishga harakat qilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.







