O'zbekiston

“Bunday imkoniyatlar hech qaysi davlatda yo‘q”

Prezident Namangandagi “Gavhar grup” korxonasini bordi.

“Bunday imkoniyatlar hech qaysi davlatda yo‘q”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Davlat rahbari dastlab Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasini borib ko‘rdi. U yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega.

 

Yurtimiz zargarligi qadimdan mashhur. Jumladan, Namanganda ham “qo‘li gul” hunarmand sulolalar bo‘lgan. Lekin yetarli sharoit bo‘lmagani, xomashyo sotib olishdagi qiyinchiliklar sababli ko‘p zargarlar faoliyatini to‘xtatgan edi. Bori ham buyumlarni qo‘l mehnatida tayyorlardi.

 

Prezidentning 2019 yil 18 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni soha vakillariga keng imkoniyatlar ochdi. Xususan, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga kon-metallurgiya kombinatlari va aholidan qimmatbaho metall parchalari, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni sotib olish huquqi berildi. Xorijdan texnologiya va mutaxassislar olib kelish qo‘llab-quvvatlandi.

 

Bunday eʼtibor va imkoniyatlar zargar tadbirkorlarga ishonch berdi. “Gavhar grup” masʼuliyati cheklangan jamiyati ham shu tariqa vujudga keldi. Turkiya, Italiya, AQSH va Germaniyadan zamonaviy uskunalar keltirilib, 2022 yilda ishga tushirildi.

 

Bugungi kunda korxonada 10 ming xil dizayndagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Chet ellar bilan hamkorlikda qo‘l soatlarining tilla korpusini tayyorlash yo‘lga quyilgan. 2023 yilda 270 kilogramm mahsulot ishlab chiqarilgan.

 

Shuningdek, bu yerda 3D modellashtirish orqali buyurtma asosida istalgan ko‘rinishdagi buyumlarni ishlab chiqarish mumkin.

 

Oltinni Tovar-xomashyo birjasidan kechiktirib to‘lash sharti asosida sotib olish imkoniyati aylanma mablag‘ va ishlab chiqarish uzviyligida muhim omil bo‘lmoqda.

 

Yana bir muhim tomoni, korxonada mahalliy zargarlar bilan kooperatsiya yo‘lga qo‘yilgan. Natijada yashirin ishlaganlar “soya”dan chiqdi, ish o‘rinlari ko‘paydi. Korxonada 100 dan ortiq kishining bandligi taʼminlangan. Shu yerning o‘zida yoshlarga hunar ham o‘rgatiladi.

 

Davlat rahbari korxonada ishlayotgan zargarlar bilan suhbatlashdi.

 

- Mamlakatimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz. Uni zargar tadbirkorlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat berilgan. Ochig‘i, bunday imkoniyatlar hech qaysi davlatda yo‘q. Lekin, yurtimizda oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanyapti. Oltin qazib olinmaydigan mamlakatlar bizdan ko‘p eksport qilyapti. Bu sohada biroz kechikdik. Shuning uchun ishlab chiqarishga qo‘shimcha sharoitlar yaratyapmiz. Bu hali boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu yerda turkiyalik ishbilarmonlar bilan tajriba almashish, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha muloqot bo‘ldi.

 

Davlat rahbari shu yerda “Mexmash” masʼuliyati cheklangan jamiyati mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi.

 

Bu korxona yiliga 20 ming tonna burama mix va 18 ming tonna rulonli qog‘oz ishlab chiqarish, 6 million dollarlik eksport quvvatiga ega. 700 kishi ish bilan taʼminlangan. 

 

Bozor talabidan kelib chiqib, avtomobil sanoatida qo‘llanadigan mahkamlash mahsulotlari hajmini va eksportini oshirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish rejalari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.