Jahon

Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

Uch yildan buyon sayyorada mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti.

Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

So‘nggi yillarda qator mintaqalar bo‘ylab avj olayotgan vabo epidemiyasi millionlab insonlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda. Garchi bu og‘ir xastalikdan himoyalanish chorasi allaqachon topilgan bo‘lsa-da, biroq unga qarshi vaksinalar zaxirasi nihoyasiga yetdi.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus va Zambiya prezidenti Xakainde Xichilem muallifligida eʼlon qilingan tahliliy maqola ayni shu o‘tkir muammoga bag‘ishlandi.

 

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti. Masalan, 2021 yilda 223 ming kishi bu dardga chalingan bo‘lsa, 2022 yilda mavjud ko‘rsatkich ikki barobar oshib, 473 mingtaga yetdi.

 

2023 yilgi hisob-kitoblar esa yana-da xavotirli. Jahon bo‘yicha o‘tgan yili 700 mingdan ko‘proq bemorga vabo tashxisi qo‘yilgan. Eng yomoni, hozir ham 23 mamlakatda kasallanish holatlari ro‘yxatga olinyapti va 1 milliarddan ziyod insonning salomatligi xavf ostida.

 

Biroq farmatsevtika kompaniyalari past rentabellik tufayli bu kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ygan. Chunki aksariyat vabo o‘choqlari eng qashshoq mamlakatlarda aniqlanyapti. Tabiiyki, ular bunday himoya vositalarini katta miqdorda xarid qilishga qodir emas.

 

Shunga qaramay, joriy yilda 37-50 million doza vaksina ishlab chiqarilishi prognoz qilinmoqda. Lekin bu millionlab odamlar ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli emas.

 

Shundan kelib chiqib, JSST ishlab chiqaruvchilar, homiylar va hukumatlarni bu borada hamkorlikka hamda vaboga qarshi kurashish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda | Zamon.uz