O'zbekiston

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo‘lkira haqi bo‘yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg‘armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o‘tkaziladi.

 

Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish, yo‘nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.

 

2024 yil 1 iyungacha jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilishi taʼminlanadi.

 

Shuningdek, Toshkent shahrida muntazam avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

custom img

Prezident Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan stadioniga tashrif buyurdi

Rekonstruksiya natijasida «Turon» stadioni sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tun-u kun ishlaydigan ko‘chada bo‘ldi

Ko‘chalarni obodonlashtirishga 2,2 milliard so‘m ajratilgan.

custom img

Prezident Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi

Mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning «Pearson BTEC» xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.

custom img

Prezident Nukusdagi gazoblok ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi

«Coals KS» korxonasi yiliga 300 ming kub metr gazoblok va 165 ming tonna ohak ishlab chiqarish quvvatiga ega.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Qoraqalpogʻistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

custom img

Ovqatdan zaharlanish gumoni: Farg‘onada 31 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va bemorlardan tegishli namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

Orolbo‘yida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"