Jahon

Rossiya o‘lim jazosini qaytarishi mumkin

Davlat Dumasi majlisida parlamentidagi ikki fraksiya yetakchilari Rossiyada o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilishga chaqirdi.

Rossiya o‘lim jazosini qaytarishi mumkin

"Bugungi kunda bu terakt ishtirokchilari uchun o‘lim jazosidan boshqa jazo bo‘lishi mumkin emas", — deya taʼkidladi LDPR rahbari Leonid Sluskiy.

 

"O‘lim jazosini qayta tiklash uchun referendum o‘tkazish kerak, xalq o‘z xohish-irodasini bildirsin. Mening pozitsiyamga kelsak, bunday g‘ayriinsoniy harakatlarni amalga oshirganlar ularni qanday jazo kutayotganini bilishlari kerak", — deya fikr bildirdi "Adolatli Rossiya" partiyasi yetakchisi Sergey Mironov.

 

"Konstitutsiyamizda va Jinoyat kodeksimizda o‘lim jazosi bekor qilinmagan. Konstitutsiyaviy sudning qarori bor, unda o‘lim jazosini ijro etishga faqat moratoriy kiritilgan. Shuning uchun referendum o‘tkazishning hojati yo‘q, bu masala bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning qarori yetarli bo‘ladi. Konstitutsiyaviy sud qarori Yevropa Kengashi oldidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun qabul qilingan edi. Biz hozirda Yevropa Kengashi aʼzosi emasmiz. Shuning uchun bu mavzu muhokama qilinishi kerak", — deya munosabat bildirdi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

 

Dumaning Qonunchilik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Pavel Krashennikov Rossiyada o‘lim jazosiga ikkita — Konstitutsiyaviy sud va Prezident moratoriylari borligini eslatdi.

 

"Konstitutsiyaviy sudning qarori amaldagi qonunchilik va xalqaro huquqqa asoslangan", — deya qo‘shimcha qildi Krashennikov.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.