O'zbekiston

Toshkentda 20 yoshli yigit lezviya bilan qornini kesib tashladi

Holat Chilonzor tumani IIB hovlisida yuz bergan.

Toshkentda 20 yoshli yigit lezviya bilan qornini kesib tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bir fuqaro o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazganligi aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirildi.

 

Qayd etilishicha, 25 mart kechasi Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashib jamoat tartibini buzganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tuman IIO FMB xodimlari 7 nafar fuqaroni tinchlantirib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yaqin oradagi IIBga borayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu fuqarolarning ayrimlari nomaʼlum moddadan mastlik holatida bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi ("Mayda bezorilik"), 194-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

26 mart kuni ushbu fuqarolarni sudga olib borish uchun chaqirtirilgan vaqtda Chilonzor tumani IIO FMB hovlisida muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan ikki marotaba sudlangan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir nechta moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 20 yoshli Sh. A. javobgarlikdan qutulish maqsadida namoyishkorona ko‘ylagini yechib og‘zida bo‘lgan piska (lezviya) bo‘lagi bilan qorin va qo‘l qismini yengil kesib o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan. IIO xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida fuqarodan lezviya olib qo‘yilib, og‘ir oqibatlarning oldi olingan.

 

Sh. A. ga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Unga tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng Sh. A. shu kunning o‘zida uyiga ketgan. Tibbiy maʼlumotga ko‘ra Sh. A. ga "Qorin old devorining kesilgan jarohatlari, chap qo‘l bilak sohasi kesilgan jarohati” tashxisi qo‘yilgan.

 

Fuqaro Sh. A. o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazganligi holati tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. 

custom img

“60 mlrd so‘mlik tender” vaʼdasi: tadbirkordan 20 ming dollar olayotganlar ushlandi

Zangiotada uch kishi tadbirkorga IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib berishni vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Ishga yuborish va “Umra” va’dasi: ikki hududda firibgarlik holatlari aniqlandi

Namanganda ikki fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborish, Farg‘onada esa ikki kishini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

custom img

Prezident Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi

Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi.

custom img

Prezident “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Shinjon usulida paxta yetishtirish orqali bir gektardan 60–70 sentnergacha hosil olish, suvni 40 foizgacha, o‘g‘itni esa qariyb 30 foizga tejash imkoniyati yaratilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"