AQSHga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan 2 ta modda bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Jizzax va Navoiy viloyatlarida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi.
Qayd etilishicha, Zafarobod tumanida fuqaro A.Q. fuqaro B.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







