Isroil Eronning Damashqdagi konsulligini nishonga oldi
8 nafar qurbon aniqlangan.

Isroil Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Qayd etilishicha, Muhammad Rizo Zohidiy - tuzilmaning Suriya va Livandagi kuchlari bosh qo‘mondoni, Zahidiyning yaqin do‘sti va o‘rinbosari general Rahimiy, Inqilob gvardiyasi general Husayn Aminolloh kabilar, jami 8 kishi vafot etgan.
Rasmiy Tehron Eron Isroil hujumiga javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini maʼlum qildi.
Mamlakat TIV Vashington Isroilning harakatlari uchun javob berishi kerak, deb hisoblamoqda. Ayni paytda AQSH rasmiylari zarbadan xabari bo‘lmaganini va unda ishtirok etmaganini aytdi.
Rossiya TIV Isroil hujumini qoralab, mamlakat rahbariyatini Suriya va boshqa davlatlardagi provokatsion harbiy harakatlardan voz kechishga chaqirdi.
Tunda Rossiya tomonining so‘roviga binoan ushbu vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.







