Shimoliy Koreya “yangi turdagi” raketani sinovdan o‘tkazdi
Seul navbatdagi provokatsiyada deb atamoqda.

Raketa taxminan 600 km masofani bosib o‘tib, Koreya yarimoroli va Yaponiya o‘rtasidagi dengizga qulagan.
Seul KXDR gipertovushli kallakka ega o‘rta masofali raketani sinovdan o‘tkazishi mumkinligini istisno etmayapti. Janubiy Koreya oliy qo‘mondonligi qo‘shni davlatni navbatdagi provokatsiyada aybladi. Raketa sinovi maʼlumotlari AQSH va Yaponiya bilan hamkorlikda tahlil qilinmoqda.
Yonhap milliy agentligi xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya gipertovushli kallakka ega o‘rta masofali raketani sinovdan o‘tkazishi mumkinligini istisno etmayapti. Pxenyan maʼlumotlariga ko‘ra, “yangi turdagi” o‘rta masofaga uchuvchi gipertovushli raketa uchun qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan reaktiv dvigatelning so‘nggi muvaffaqiyatli sinovi mart oyida o‘tkazilgan. Bu strategik ahamiyatga ega qurol tizimi ekanligi rasman xabar qilingan edi. Bu raketa yadroviy kallak bilan ham jihozlanishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Gipersonik raketalarni tutib olish ancha qiyin, chunki ular tovush tezligidan besh baravar ko‘proq harakatlanadi va yuqori manevrga ega.







