O'zbekiston

“Yangi O‘zbekistonning birinchi zamini - o‘qituvchilar”

Prezident Yunusoboddagi 5-maktabga bordi.

“Yangi O‘zbekistonning birinchi zamini - o‘qituvchilar”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umumtaʼlim maktabida bo‘ldi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Bu boradagi muhim masalalardan biri - o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish.

 

Davlat rahbari yangi muassasalar barpo etish bilan birga, mavjud maktablarning o‘ziga qo‘shimcha qavat yoki yonidan bino qurish maqsadga muvofiqligini aytgan edi.

 

Mazkur 5-maktab ilgari 960 o‘rinli edi. Lekin o‘quvchilar soni 2 mingdan oshardi. Shu bois o‘tgan yili rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar qurildi. Natijada 1 ming 700 ta qo‘shimcha o‘rin paydo bo‘ldi.

 

Maktabda 65 ta o‘quv, 12 ta chet tili va 5 ta kompyuter xonasida zamonaviy sharoitlar yaratildi. O‘quvchilarni aniq fanlar, muhandislik va texnologiyalarga qiziqtiruvchi STEM-laboratoriya va sport zali zarur anjomlar bilan taʼminlandi, kovorking va rekreatsiya hududi tashkil etildi. Maktab kutubxonasida 5 ming 800 dan ortiq ilmiy va badiiy adabiyotlar bor.

 

Bugun maktabda 2 ming 600 nafarga yaqin o‘quvchi taʼlim olmoqda. O‘tgan yili 165 nafar bitiruvchidan 163 nafari oliy taʼlimga o‘qishga kirgan.

 

O‘g‘il-qizlarni yoshligidanoq kasbga yo‘naltirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 5-maktabda ham yuqori sinf o‘quvchilari tikuvchilik, pazandachilik, yog‘och va metallga ishlov berish ko‘nikmalarini o‘rganyapti. 

 

Prezident ushbu to‘garaklardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

 

Toshkent shahri direktorlar kengashi aʼzolari bilan suhbatda o‘qituvchilar mehnati va hurmati haqida so‘z bordi.

 

- Shunday vaqtlar bo‘ldiki, pedagoglikka eʼtibor susayib ketdi. Hozir bu sharafli kasbning nufuzini tiklash, ularni moddiy rag‘batlantirishga harakat qilyapmiz. Yangi Toshkent shahri qurilishini ham Pedagogika universiteti binosiga poydevor qo‘yishdan boshlamoqchimiz. Chunki yangi O‘zbekistonning birinchi zamini - o‘qituvchilar. Shuning uchun ular doim o‘z ustida ishlashi, bilim va uslublarini rivojlantirib borishi kerak, - dedi davlat rahbari.

 

Maktabning yangi imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, taʼlim sifatini Prezident maktablariga yaqinlashtirgan tarzda oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Yangi O‘zbekistonning birinchi zamini - o‘qituvchilar” | Zamon.uz