O'zbekiston

Qo‘shiqchi Teylor Svift ilk marta milliarderlar ro‘yxatiga kirdi

Forbes dunyo bo‘yicha kuchli beshtalikni eʼlon qildi.

Qo‘shiqchi Teylor Svift ilk marta milliarderlar ro‘yxatiga kirdi

Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift birinchi marta Forbes jurnali tomonidan tuzilgan milliarderlar ro‘yxatiga kirdi. U bilan birga ChatGPT chatbotini yaratuvchisi Sem Altman ham ro‘yxatga kiritildi.

 

Svift jami 1,1 milliard dollar ishlab topgan, Altmanning boyligi esa 1 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Ro‘yxatda 233 milliard dollar boylik bilan birinchi o‘rinni yana bir bor fransuz biznesmeni Bernard Arno egalladi, u oilasi bilan hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan LVMH xoldingiga egalik qiladi.

 

Ikkinchi o‘rinni Tesla asoschisi Space X va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask (195 milliard dollar), uchinchi o‘rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos (194 milliard dollar) egalladi.

 

To‘rtinchi o‘rinda Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg (177 milliard dollar) kompaniya aksiyalarining o‘sishi hisobiga o‘z boyligini 116 milliard dollarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi beshlikni Oracle asoschilaridan biri Larri Ellison (141 milliard dollar) yakunlagan.

 

Forbes maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyodagi milliarderlar soni rekord darajada - 2781 nafarga yetadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 141 taga va avvalgi rekord o‘rnatilgan 2021 yilga nisbatan 26 taga ko‘pdir.

 

Forbes taʼkidlashicha, dunyo elitasi har qachongidan ham boyroq, ularning umumiy boyligi 14,2 trillion dollarni tashkil qiladi.

 

O‘tgan yil oxirida 189 kishi, jumladan, Xitoydan 129 kishi ro‘yxatdan chiqib ketgan.

 

Bundan tashqari, misrlik tadbirkor Muhammad al-Fayed, Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni, Chili sobiq prezidenti Sebastyan Pinera va qo‘shiqchi Jimmi Baffet kabi yana 32 milliarder vafot etgan.

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

50 ga yaqin soxta Telegram resurslari aniqlandi: Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi

Kiberfiribgarlar Soliq qo‘mitasi nomidan keshbek savdosi, soxta aksiyalar va xavfli ilovalarni tarqatmoqda.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.