Tayvanda 70 kishi tunnellar va qulagan binolar ichida qolib ketdi
Zilzila oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq odam jarohatlandi.

Tayvanda chorshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 70 kishi tunnellar va qulagan binolar ichida qolib ketdi.
Tayvanning Xualyan okrugida sodir bo‘lgan zilziladan keyin qurbonlar soni ortib bormoqda. Orol uchun, shuningdek, Xitoy va mintaqaning boshqa mamlakatlari uchun sunami haqida ogohlantirish eʼlon qilindi.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Tayvanda 130 ga yaqin bino va uy zarar ko‘rgan.
Xualyan okrugi va Tayvan markazidagi magistralning bir qancha tog‘li qismlari qisman qulagani yoki tosh qulashi tufayli to‘sib qo‘yilganidan keyin transport harakati uchun yopilgan.
Zilzila boshlanganda elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lgan, lekin elektr energiyasi 2,5 soatlar ichida tiklangan.
Zilzila orolda so‘nggi 25 yildagi eng kuchlisi bo‘ldi. 1999 yilda Tayvanda sodir bo‘lgan 7,6 magnitudali zilzila 2400 ga yaqin odam qurbon bo‘lgan va 50 ming bino vayron bo‘lgan yoki shikastlangan.







