Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjon chegarasida jamlandi
Bu haqda Ozarbayjonning Axar.az axborot portalida maʼlumot paydo bo‘ldi.

Armaniston qurolli kuchlarini Ozarbayjon bilan chegaradagi Zangezur yo‘nalishida jamlamoqda.
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari chegara yaqinida gumon qilinayotgan arman harbiy texnikalari to‘planib qolgani haqidagi tasvirlarni eʼlon qildi
“Armaniston armiyasining harakati Ozarbayjon va Armanistonning shartli chegarasida kuzatilmoqda”, — deyiladi nashrda.
Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar Armanistonga 65 million dollardan ortiq yordam bergani xabar qilingandi.







