Britaniyalik erkak dunyoning eng keksa odami bo‘ldi
U uzoq umr ko‘rish sirini muntazam sayr qilish bilan bog‘laydi.

Angliyalik Mersisaydlik Jon Tinnisvud dunyodagi eng keksa odamga aylandi.
5 aprel kuni 111 yosh-u 223 kunlik bo‘lgan erkak o‘zining uzoq umr ko‘rishini juma kunlari baliq va chips isteʼmol qilgani va yoshligida muntazam ravishda sayr qilgani bilan bog‘laydi.
Tinnisvud hozir Sautportdagi qariyalar uyida yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, yer yuzidagi eng keksa odam unvonining avvalgi sohibi venesuelalik Peres Mora seshanba kuni 114 yoshida vafot etgandi. Shundan so‘ng 4 aprel kuni Jon Tinnisvudga Ginnesning rekordlar kitobi sertifikati topshirildi.







