Titanikka tegishli yana bir buyum sotuvga qo‘yildi
Mutaxassislar uning haqiqiyligini isbotlash uchun yetti yil davomida tadqiqot olib borishdi.

Cho‘kib ketgan Titanik kemasidagi orkestr rahbariga tegishli skripka korpusi Buyuk Britaniyada kim oshdi savdosida sotiladi. Taxminiy narxi 100-120 ming funt sterling yoki 126-151 ming dollarni tashkil qiladi.
Skripka solingan charm quti Titanik cho‘kib ketganidan bir necha kun o‘tib topilgandi. U marhumning kelini Mariya Robinsonga berilgan. Keyinchalik ayol skripkani Najot armiyasining Britaniya bo‘limiga sovg‘a qildi.
40 yillarda Najot armiyasi aʼzolaridan biri buyumni o‘z shogirdiga korpusdan alohida berdi. Shundan so‘ng, skripka deyarli yuz yil davomida yo‘qolgan deb hisoblangan. U faqat 2006 yilda yana topilgan. Shu bilan birga, mutaxassislar uning haqiqiyligini isbotlash uchun yetti yil davomida tadqiqot olib borishdi. 2013 yilda korpus deyarli 1,5 million dollarga tushdi.








