Britaniya Bosh vaziri o‘zgarishi mumkin
Bu may oyidagi saylov natijalariga bog‘liq.

Buyuk Britaniyada hokimiyat tepasida bo‘lgan Konservativ partiya 2-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlardan so‘ng bosh vazir Rishi Sunakni almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Bloomberg nashrining yozishicha, Konservativ partiyaning taniqli aʼzolari ushbu saylovlarda mag‘lub bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda ayniqsa Rishi Sunak qiyin ahvolda qoladi.
Agar Konservatorlar mag‘lub bo‘lsa, Jamoatlar palatasi yetakchisi Penni Mordont partiyaga keyingi saylovlarga qadar boshchilik qilishi mumkin.







